Vityajka shovqin qilyapti yoki yomon tortyapti: nimani tekshirish va yog' filtrini qanday yuvish kerak

Vityajka ko'pincha motor tufayli emas, iflos filtr, quvur yoki yopiq darcha tufayli g'uvillaydi va yomon tortadi. Do'konda ochib ko'rgan Ziffler vityajkasi misolida bosqichma-bosqich ko'rsataman.

Vityajka shovqin qilyapti yoki yomon tortyapti: nimani tekshirish va yog' filtrini qanday yuvish kerak

Muallif: Fazliddin Nizamitdinov — Toshkentdagi Katta Chegirma maishiy texnika do'konining asoschisi. Biz bu texnikani sotamiz va yetkazib beramiz.

Xaridorlar ko'pincha bitta shikoyat bilan kelishadi: vityajka qattiqroq ovoz chiqaryapti, bug' esa baribir shipga ketyapti. Ko'p hollarda motor bunga aloqador emas. Quyida men qanday tartibda tekshirishimni yozdim. Rasmda do'konda ochib ko'rgan Ziffler BRH-612TB vityajkasi, yog' panjaralari pastga ochilgan: motor qayerda turgani va yog' qayerga o'tirishi ko'rinib turibdi.

Avval vityajkani rozetkadan uzing

Panjaralarni olishdan va ichiga qo'l tiqishdan oldin vilkani rozetkadan sug'uring. Ichida motor va simlar bor, tugma o'chiq bo'lsa ham barmoqni parrak yonida tutmagan ma'qul.

Iflos yog' filtri

Vityajkaning pastida metall panjaralar bor, ular yog' tomchilarini ushlaydi. Ziffler BRH-612TB'da ular ikkita va pastga ochiladi, ularning orqasida darhol motor turadi.

Panjaralar yog' bilan to'lib qolsa, havo o'tishi qiyinlashadi. Motor aylanadi, qattiqroq g'uvillaydi, tortish esa susayadi. Panjarani yorug'likka tutib qarang: tirqishlar yopishqoq qatlam bilan bekilgan bo'lsa, yuvishdan boshlang.

Quvur, klapan va burilishlar

Panjaralar toza bo'lsa, havo yo'li bo'ylab davom eting.

Havo kirmayapti

Vityajka havoni chiqarib tashlaydi, uning o'rniga havo qayerdandir kirishi kerak. Derazalar zich yopiq, oshxona eshigi ham yopiq bo'lsa, tortish pasayadi. Tekshirish oddiy: darchani ochib solishtiring. Darcha ochiq bo'lganda qog'oz panjaraga yopishsa, yopiq bo'lganda yopishmasa, gap havo kirishida.

Shovqin mahkamlashdan ham bo'ladi

Vityajka shaqirlasa, devor yoki shkafga mahkam burab qo'yilganini va quvur shkafga tegib turmaganini tekshiring. Ba'zan mahkamlagichlarni tortib qo'yish kifoya.

Qachon servisga olib borish kerak

Bunday hollarda ortiq qismlarga ajratmang, tokdan uzing va servisga murojaat qiling. Motorda model yozilgan yorliq bor, bu vityajkada unda BRH-612TB, 220–240 V, 230 W deb yozilgan (tepasida «dudbo'ron», ya'ni vityajka). Uni suratga olib qo'ying, ustaga oson bo'ladi.

Yog' filtrini qanday yuvish kerak

Qanchalik tez-tez yuvish qovurishingizga bog'liq. Ko'pincha 3–4 haftada bir marta tavsiya qilinadi. Har kuni qozon osilsa, tez-tez yuving.

Ko'mir filtri yuvilmaydi

Vityajka quvursiz ishlasa, ichida ko'mir filtri turadi. U yuvilmaydi, almashtiriladi. Odatda 3–6 oyda bir marta, lekin aniq muddatni modelingiz yo'riqnomasidan qarang. Eski ko'mir filtri hidni ketkazmay qo'yadi.

Vityajkani qanday to'g'ri osish va quvurni ulash haqida o'rnatish bo'yicha maqolada batafsil yozdim.

Motordagi yorliq: model BRH-612TB, 220–240 V, 230 W
Motordagi yorliq: model BRH-612TB, 220–240 V, 230 W

Maqoladagi mahsulotlar

«Havo tortgich» bo'limiga o'tish

Shu mavzuda yana o'qing

Yoqtirishlar: 0